SOLONG- Amudaryo agro-postoral jamiyatlari

Bu sahifa  Amudaryo havzasidagi mo’g’ullar bosqinidan avvalgi agro-pastoral jamiyatlar va suv resurslarini o’rganish atrofida to’plangan SOLONG loyihasi a’zolarining faoliyati va ilmiy natijalarini nashr etish uchun mo’ljallangan.

Ushbu loyiha Aix-Marseille universitetining ikkita labarotiriyasi (IREMEM va IMBE) a’zolari hamda tashqi ( Nanterre universiteti) a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, loyiha SoMuM institutining moliyalashtirilishi bilan 2021 yil sentabr oyidan  2023 yilning fevral oyigacha amalga oshirilishi belgilangan.

Plaine aride de Zagros Iran

Loyihaning qisqacha mazmuni:

SO-LONG loyihasining maqsadi Amudaryo havzasidagi agro-pastoral jamiyatlar va suv resurslari o’rtasidagi o’zaro ta’sirni o’rganishga qaratilgan.  Amudaryo sharqiy islom imperiyasining yirik daryolaridan biri bo’lib, u eron, turk va hind yurtlari chorrahasida joylashgan. Daryo markaziy (Bag’dod xalifaligi) va mintaqaviy hokimiyatni egallagan kuchlar uchun ko’plab iqtisodiy maqsadlarda (xususan, past va o’rta tog’larda qoramol va otlarni ko’paytirish, foydali qazilmalarni qazib chiqarish va sotish) juda muhim hisoblangan.

Bu tadqiqot kuchli geomorfologik identifikatsiyaga ega bo’lgan ikkita obyektni yaqindan tahlil qilish asosida o’tkaziladi (biri qo’shilish sharoitida, ikkinchisi balandlikdagi ko’l yaqinida).  O’rganilayotgan davr arab bosqini (milodiy VII-VIII asr)dan to mo’g’ullarning kelishigacha (milodiy XIII asr) bo’lgan  uzoq davr mobaynida uzluksiz va boshliq (uzilish) elementlarini anglash imkonini beradi: Bu ko’chmanchi kuchlarning ketma-ket paydo bo’lishi va qo’shni Amudaryo yerlarining imperiya tuzilmalariga birlashishi jamiyatning atrofdagi tabiat bilan, ayniqsa qishloq joylaridagi munosabatlariga siyosiy to’ntarishlarning ta’sirini shubha ostiga qo’yadi.

Cartes historiques des territoires Saffarides et Ghaznévides
Cartes historiques des territoires Saffarides (A) et Ghaznévides (B).

Safforiylar (A) va G’aznaviylar (B)davlatlarining tarixiy xaritasi Fanlararo yondashuv, asosan arab va fors tillarida yozilgan o’rta asr yozma  manbalari orqali tarixning hissasi namoyon qiladi. Shuningdek, qishloq xo’jaligi amaliyotining tabiati va ritmini, agropastoral populyatsiyalarining moslashuvini tushunish imkonini beradigan namunalarni o’rganish orqali paleoekologik ma’lumotlarni birlashtirish imkonini berib, atrof -muhit va suv davrlarining ijtimoiy -iqtisodiy faoliyatga va siyosiy voqelikka ta’sirini (ijtimoiy keskinlik, qurolli to’qnashuvlar, chegaralar va hududlar bilan munosabatlar va boshqalar) ko’rsatib beradi.


Auteur/autrice : Camille Rhoné-Quer

Maître de conférences à l'Université Aix-Marseille/IREMAM. Histoire du monde islamique médiéval, mondes iranien et centrasiatique préseldjoukides.

Laisser un commentaire

Votre adresse e-mail ne sera pas publiée. Les champs obligatoires sont indiqués avec *

Ce site utilise Akismet pour réduire les indésirables. En savoir plus sur comment les données de vos commentaires sont utilisées.